12:48 / 13.05.2023
351

Yangiyo‘lda yigit voyaga yetmagan qizni jinsiy aloqaga majburlab kelgan

Yangiyo‘lda yigit voyaga yetmagan qizni jinsiy aloqaga majburlab kelgan
Toshkent viloyati Yangiyo‘l shahrida yashovchi 19 yoshli yigit 10 kun davomida voyaga yetmagan qizni bo‘sh uyda saqlab, uni o‘zi bilan jinsiy aloqa qilishga majburlab kelgani ma’lum bo‘ldi, deb xabar bermoqda «Nemolchi.uz» loyihasiga tayanib Xabar.uz.
 
Qayd etilishicha, 15 apreldan 24 aprelga qadar yigit butun jarayonni videotasvirga olgan va keyinroq qizni o‘zi bilan yana birga bo‘lishi uchun shantaj qilib kelgan. Shuningdek, videoni ijtimoiy tarmoqlarda tarqatmasligi uchun qizdan 200 dollar pul ham olgan.
 
Jabrlanuvchi huquq-tartibot idoralariga murojaat qilganigan keyin, 2 may kuni gumonlanuvchi o‘sha bo‘sh uyda qizdan 2 million so‘m olayotganida ushlangan.
 
Yigitga nisbatan Jinoyat kodeksining 165-moddasi (tovlamachilik) 1-qismi va 119-moddasi (jinsiy ehtiyojni zo‘rlik ishlatib g‘ayritabiiy usulda qondirish) 3-qismi bilan ayblov e’lon qilingan. Mazkur ish bo‘yicha sud 3 may kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Yangiyo‘l shahar sudida bo‘lib o‘tgan. Yigit og‘ir turdagi jinoyatni sodir etgani uchun ehtiyot chorasi sifatida qamog‘ga olingan.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat