13:49 / 15.05.2023
199

Andijonda noqonuniy mayning ferma tashkil qilgan shaxs ushlandi

Andijonda noqonuniy mayning ferma tashkil qilgan shaxs ushlandi
Foto: Bosh prokuratura huzuridagi departament
Andijon shahrida mayning kripto-aktivlari qurilmalarini o‘rnatgan shaxs aniqlandi, deb xabar beradi Bosh prokuratura huzuridagi departament.
 
Qayd etilishicha, departamentning Andijon viloyat boshqarmasi tomonidan “O‘zenergoinspeksiya” Andijon hududiy bo‘limi xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan. Tadbirda fuqaro B.K. “A.” mehmonxonasi yer to‘lasida 24 ta to‘plamdagi mayning kripto-aktiv qurilmalarini o‘zboshimchalik bilan umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga ulab, jami 183,6 million so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangani aniqlangan.
 
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 185-2-moddasi (elektr, issiqlik energiyasi, gaz, vodoprovoddan foydalanish qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
 
Noqonuniy mayning fermalari
 
Buxoroda davlatga 2,66 milliard so‘mlik zarar keltirgan noqonuniy mayning ferma aniqlangani, Nurafshonda mayning kripto-aktivlari qurilmalarini o‘rnatganlar ushlangani, Andijonda noqonuniy mayning ferma tashkil qilgan shaxs qo‘lga olingani to‘g‘risida xabar berilgandi.
 
2022 yil sentyabrda O‘zbekistonda kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi faoliyatni amalga oshirish uchun yig‘imlar miqdorini belgilash, ularni to‘lash va taqsimlash tartibi to‘g‘risidagi nizom Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan.
 
Nizomga ko‘ra, O‘zbekistonda mayning va kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi xizmatlar provayderlari faoliyatini amalga oshiruvchi yuridik shaxslar (mayner va xizmatlar provayderlari) tomonidan ushbu faoliyatni amalga oshirish uchun yig‘imlar to‘lanadi.
 
Shunga ko‘ra, yig‘imlar mayning faoliyati uchun BHMning 10 baravari (3 million so‘m) miqdorda belgilanadi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat