date
views 242

«Ko‘ksaroy»da Singapur prezidentini rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi

Foto: Prezident matbuot xizmati

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Singapur prezidenti Halima Yaqub davlat tashrifi bilan mamlakatda bo‘lib turibdi.

Bugun, 24 may kuni «Ko‘ksaroy» qarorgohida Singapur rahbarini rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Qarorgoh oldidagi maydonda faxriy qorovul saf tortdi. Prezident Shavkat Mirziyoyev oliy martabali mehmonni samimiy qarshi olib, shohsupaga taklif qildi.

Harbiy orkestr ikki davlat madhiyalarini ijro etdi. Prezidentlar faxriy qorovul safi oldidan o‘tib, rasmiy delegatsiyalar a’zolarini qutladilar.

Birgalikda suratga tushishdan so‘ng oliy darajadagi muzokaralar boshlandi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » «Ko‘ksaroy»da Singapur prezidentini rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi