11:16 / 29.05.2023
146

O‘zbekiston bo‘yicha 30 may kuni kuzatiladigan ob-havo ma’lumoti

O‘zbekiston bo‘yicha 30 may kuni kuzatiladigan ob-havo ma’lumoti
Respublika Gidrometeorologiya markazi O‘zbekiston bo‘yicha 30 may, seshanba kuni kuzatiladigan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi. Unga ko'ra:
 
Toshkent shahrida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +18...+20 daraja, kunduzi +33...+35 daraja bo‘ladi.
 
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +17...+21 daraja, kunduzi +32...+37 daraja bo‘ladi.
 
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +15...+20 daraja, cho‘l hududlarda +23...+25 darajagacha, kunduzi +32...+37 daraja bo‘ladi.
 
Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +15...+20 daraja, kunduzi +32...+37 daraja bo‘ladi.
 
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +18...+23 daraja, kunduzi +34...+39 daraja bo‘ladi.
 
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +14...+19 daraja, kunduzi +28...+33 daraja bo‘ladi.
 
Respublikaning tog‘li hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, kunning ikkinchi yarmida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +10...+15 daraja, kunduzi +22...+27 daraja bo‘ladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekiston bo‘yicha 30 may kuni kuzatiladigan ob-havo ma’lumoti
ePN