
SAVOL:
Yaqinda ko‘z tegishiga qarshi tumor, ko‘zmunchoqlar haqida bir maqola o‘qib qoldim. Mashinamda tasbeh va kichkina, yozuvlari mayda Qur’on kitobini ilib qo‘yganman bu ham mumkin emasmi?
JAVOB:
Ba’zi narsalarni mashinaga bezak sifatida ilib qo‘yish joiz, bunda bir gunoh yo‘q. Lekin ko‘zmunchoq, qalampir, ari uyasi va shunga o‘xshagan narsalarni panoh istab, shu narsalar meni balo qazodan asraydi, ularda qandaydir ilohiy kuch bor deb o‘ylash, botil e’tiqoddir.
Mo‘min kishi doim Alloh taologa suyanadi va unga tavakkul qiladi. Alloh taoloni balo qazolardan asrovchi, ishlarini o‘nglovchi zot deb biladi va katta-kichik ishlarda faqat unga sig‘inadi. Tavfiq Allohdan.
Manba: O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar