19:31 / 03.06.2023
868

O‘z vaqtida nazarlarda bo‘lgan yigitlar nega xunuk qizlarga uylanadi?

O‘z vaqtida nazarlarda bo‘lgan yigitlar nega xunuk qizlarga uylanadi?
O‘z vaqtida nazarlarda bo‘lgan yigitlar nega xunuk qizlarga uylanadi?” degan savollar ayrim doiralarda yangrardi.
Bunday yigitlarda birdaniga “Yaxshi bola” kompleksi paydo bo‘ladi: baxtli qilgisi keladi biron qizni. Lekin, 2-3 yil ichida ajrashib ketadi.
 
Beshta odamni tahlil qilganman. Xronologiya quyidagicha bo‘ladi:
1) Konfet-buket davri;
2) Ajoyib to‘y;
3) Osoyishta turmush;
4) Har soniyani romantikaga aylantirishga harakat;
5) Birgalikda taomlar tayyorlash;
6) Alohida yashash;
7) So‘kmaslik, urushmaslik, haqorat qilmaslik;
8 ) Qiz oilasiga katta hurmat.
Shu narsalar yigit tomonidan bajarilishidan qat’i nazar, ajrashish qaroriga kelinadi. Bunday qarorga kelish nimadan boshlanadi?
Qiz:
1) Erkak kishi qilayotgan “qurbonlikni” tabiiy shunday bo‘lishi kerak deb qabul qiladi, shukronalik yoki g‘oliblik ehtiyojini qondirmaydi.
2) Meni shu yigit sevib, o‘lib qolyapti-ku, demak men rostdan ham go‘zal, betakror qizman degan fikrga boradi va o‘z-o‘ziga bahosi me’yordan oshib ketadi.
3) Ikkinchi punktdagi sababga ko‘ra, yigit bajarayotgan barcha ishlar xuddi shunday bo‘lishi kerakdek qabul qilinaveradi.
4) Erkak hayotida yolg‘iz qolishi kerak bo‘lgan paytlar ham bo‘ladi, lekin qiz bu narsani tushunolmaydi va oldingi e’tibor darajasini talab etaveradi.
5) Yo‘q joydan janjallar chiqarib, idishlarni sindirib, baqir-chaqirlar bilan munosabatda bo‘lib boshidagi emotsiyalarni talab qiladi, chunki yigit hissiy vaziyatlardan saqlanib yurgan bo‘ladi janjal chiqmasin deb.
6) Ultimatum tilini qo‘llaydi.
7) Yigitni qadrsizlantiradi.
Sal vaqt o‘tib yigitga u bu kimdir mulozamat qila boshlaydi, ishxonadami, ijtimoiy tarmoqdami: ko‘ylagingizni o‘zingiz dazmollaysizmi? Sal g‘ijim joylari bor ekan, taom pishirgandim bo‘lishib yeyishimizga, sizni rosa hurmat qilaman-de, siz aqllisiz, siz, siz, siz… Erkak, ayoli o‘zgarishi bilan, darrov yana:
a) Aqlli;
b) Chiroyli;
c) Iste’dodli yigitga aylandi.
Aslida bu yerdagi muammo:
1) Yigit yaxshi bola bo‘laman deb o‘zini unutib qo‘ygani.
2) Qiz borini qadrlamagani va bu bola oddiy bo‘lmaganini anglamaganligi.
Turmush qurayotgan odamlar maslahat so‘raganda, bitta fundamental savol beraman: “Siz baxtli bo‘lish uchun turmush quryapsizmi yoki baxtli qilish uchunmi?
Alisher Rustam

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘z vaqtida nazarlarda bo‘lgan yigitlar nega xunuk qizlarga uylanadi?
ePN