00:39 / 09.06.2023
133

Qarshi harbiy sudi xodimi 500 dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Qarshi harbiy sudi xodimi 500 dollar pora bilan qo‘lga tushdi
Qashqadaryo viloyatining Qarshi shahrida joylashgan Qarshi harbiy sudi xodimi 500 dollar pora bilan qo‘lga tushdi. Uning bu qilmishi DXX viloyat boshqarmasining tezkor bo‘limlari tomonidan o‘tkazilgan tadbirda fosh etilgan.
 
Ma’lum bo‘lishicha, Jizzax viloyatining Jizzax shahrida yashovchi fuqaro DXX viloyat boshqarmasiga murojaat qilib, Qarshi harbiy sudida o‘zi va boshqa bir harbiy xizmatchiga nisbatan Jinoyat kodeksining 291-moddasi bilan qo‘zg‘atilgan ish ko‘rib chiqilayotganini, sudning yakuniy qarori u beradigan pora miqdoriga bog‘liq ekanini bildirgan.
 
Fuqaroning yozishicha, o‘zini sudya yordamchisi deb tanishtirgan Qarshi harbiy sudi xodimi 500 dollar bersa, sherigi va o‘ziga tayinlanishi kutilayotgan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosini, ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazo turiga almashtirib berishlarini aytgan. Va oldindan 1 million so‘mni plastik kartasiga tashlatib olish yo‘li bilan qo‘lga kiritgan.
 
Qarshi harbiy sudi xodimi talab qilgan pulning qolgan qismini olayotgan paytda tezkor tadbir tashkilotchilari tomonidan qo‘lga olingan.
 
Ayni paytda holat yuzasidan tergov jarayonlari bo‘lib o‘tmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qarshi harbiy sudi xodimi 500 dollar pora bilan qo‘lga tushdi
ePN