Parkentda gaz quyish shoxobchasida turgan «Neksiya» portlab ketdi


Bugun, 9 iyun kuni soat 09:55 da Toshkent viloyati Parkent tumani «Qayilma» MFY, Alisher Navoiy shohko‘chasida joylashgan avtomobillarga gaz quyish shoxobchalarining birida portlash sodir bo‘ldi.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabariga ko‘ra, «Neksiya-1» rusumli avtomashinaga gaz quyish vaqtida unga o‘rnatilgan gaz ballonda yorilish hodisasi ro‘y bergan.
Oqibatda, «Neksiya-1» avtomobili va uning yaqinida bo‘lgan 2 ta «Damas» rusumli avtomashinalarga turli darajada zarar yetgan.
Voqea joyiga FVV qutqaruvchilari va tegishli tashkilot vakillari yetib borgan. Vaziyat oqibatlari bartaraf etilmoqda.
Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q.































Izohlar 0
…