Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Chilonzor tumani bo‘limlari tomonidan tadbir o‘tkazilgan.
Unda fuqaro A.J. fuqaro A.A.ning ishonchiga kirib, uni tanishlari yordamida Janubiy Koreya davlatiga o‘qishga yuborish hamda viza hujjatlarini tayyorlab berish evaziga 10 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Shu kabi, Departamentning Tuproqqal’a tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqaro M.A. fuqaro B.Dni go‘yoki yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali 2 000 AQSH dollari evaziga Germaniya davlatiga ishga yuborishini aytib, shundan 500 AQSH dollari va 2,6 mln so‘mini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritganligi aniqlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
“Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Tramp Zelenskiyning AQSHga tashrifi chog‘ida u bilan uchrashishdan bosh tortdi
Oyatulloh Xomanaiy: “Yo‘qotishlarga qaramay, “Hizbulloh” kuchli bo‘lib qoladi”
Kuniga nechta olma yeyish mumkin? Ommabop mevaning zararli xususiyatlari
Hindiston BMTni isloh qilishga chaqirdi
Tramp Eron tomonidan o‘lim tahdidi haqida ogohlantirildi
Xitoy qit’alararo ballistik raketani ilk bor ommaviy sinovdan o‘tkazdi
O‘zbekiston Turkmaniston va Turkiya bilan mudofaa sohasida hamkorlik qiladi
Shvetsiya Eronni Qur’on yoqib yuborilgani uchun qasos olganlikda ayblamoqda