167
Sevgan qizining uyatli rasmlarini internetda tarqatmaslik evaziga undan 800 dollar talab qilgan yigit ushlandi
Jizzax shahrida yashovchi qiz IIBga murojaat qilib, sevgan yigiti uning yalang‘och holdagi video va foto tasvirlarini ijtimoiy tarmoqlarda tarqatib yubormaslik evaziga 800 AQSH dollari talab qilayotganini bildirgan.
IIV TDQ Kiberxavfsizlik markazining xabar berishicha, qizga tahdid qilgan shaxs Jizzax shahrida yashovchi, 19 yoshli yigit ekani aniqlangan.
Ma’lum bo‘lishicha, yigit qiz bilan sevishib, ishqiy munosabatda bo‘lgan vaqtlarida uylanish istagi borligini aytib, uning ishonchiga kirgan. So‘ng yashirin tarzda qizni kiyimsiz holatda foto va videotasvirga olgan.
Keyinroq, qizning boshqa yigit bilan unashtirilganini eshitgan yigit uning uyatli video va rasmlarini Telegram'dagi kanallarga tarqatib yuborib, nikoh to‘yini buzish bilan qo‘rqitgan. Shuningdek, qizning uyatli video-foto tasvirlarini o‘chirish evaziga 800 dollar talab qilgan.
Tezkor tadbirda yigit qizdan kelishilgan 800 dollarning bir qismi sifatida berilgan 4 mln so‘m pullarni olgan vaqtida ushlangan.
Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan yigitga nisbatan Jinoyat kodeksining 165-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Qonunga muvofiq, O.R. tomonidan sodir etilgan jinoiy harakatlar uchun 3 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.
“Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Tramp Zelenskiyning AQSHga tashrifi chog‘ida u bilan uchrashishdan bosh tortdi
Oyatulloh Xomanaiy: “Yo‘qotishlarga qaramay, “Hizbulloh” kuchli bo‘lib qoladi”
Kuniga nechta olma yeyish mumkin? Ommabop mevaning zararli xususiyatlari
Hindiston BMTni isloh qilishga chaqirdi
Tramp Eron tomonidan o‘lim tahdidi haqida ogohlantirildi
Xitoy qit’alararo ballistik raketani ilk bor ommaviy sinovdan o‘tkazdi
O‘zbekiston Turkmaniston va Turkiya bilan mudofaa sohasida hamkorlik qiladi
Shvetsiya Eronni Qur’on yoqib yuborilgani uchun qasos olganlikda ayblamoqda