16:25 / 11.06.2023
322

O‘zbekiston prezidentligiga nomzodlar qanday tashabbuslarni ilgari surmoqda?

O‘zbekiston prezidentligiga nomzodlar qanday tashabbuslarni ilgari surmoqda?

O‘zbekistonda 9 iyul kuni muddatidan ilgari prezidenti saylovi bo‘lib o‘tadi. “Yuksalish” umummilliy harakati keng jamoatchilikni dasturlar bilan tanishtirish maqsadida tomonidan nomzodlarning 8 ta asosiy tashabbus va takliflarini keltirdi.

Xalq demokratik partiyasidan prezidentlikka nomzod Ulug‘bek Inoyatov (XDP) ilgari surayotgan 8 ta muhim tashabbus:

Foto: XDP matbuot xizmati
  • mahalliy investorlarga ham xorijiy investorlar kabi bir xil imtiyozlar berish;
  • tibbiyot xizmatlarni raqamlashtirish, shifokorlar tomonidan dorilarni tayinlashda elektron retsept tizimiga o‘tish;
  • eng kam iste’mol xarajatlarini belgilash tartibi to‘g‘risida”gi qonunni qabul qilish;
  • maktab o‘quvchilar uchun jamoat transportidan foydalanishda tabaqalashgan tariflarni joriy qilish;
  • kam daromadli fuqarolarga bepul maslahat beradigan yuridik klinikalar tarmog‘ini rivojlantirish;
  • yashil hududlar, istirohat bog‘lari, bolalar o‘yingohlarini kengaytirish, nogironligi bo‘lgan shaxslarning dam olishi uchun sharoitlarni yaxshilash;
  • o‘zini o‘zi band qilgan deb hisoblanadigan faoliyat turlari ro‘yxatini kengaytirish.

Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati — O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyev ilgari surayotgan 8 ta muhim tashabbus:

Foto: “Daryo” / Madina Nurman
  • 2030 yilgacha maktabgacha ta’limga bo‘lgan ehtiyojni to‘liq qoplash va qamrov darajasini 100 foizga yetkazish;
  • 2030 yilga qadar barcha aholi punktlarini toza ichimlik suvi bilan so‘zsiz ta’minlash, bunga 2,5 milliard dollar ajratish;
  • keyingi 7 yilda 15 milliard dollar yo‘naltirish hisobiga qo‘shimcha 1 million xonadonli uy-joylar qurish;
  • avtomobilsozlik sohasida haqiqiy raqobat paydo bo‘lishi uchun 4 ta nufuzli xorijiy kompaniyaning loyihalarini ishga tushirish va ishlab chiqarish hajmini yiliga 1 million donaga yetkazish;
  • 2030 yilgacha yalpi ichki mahsulotni 2 barobar oshirib, 160 milliard dollarga yetkazish;
  • kelgusi yillarda biznes uchun qo‘shilgan qiymat, foyda, aylanma va mol-mulk solig‘i stavkalari oshirilmasligini qat’iy kafolatlash;
  • “Ochiq budjet”ga yo‘naltiriladigan mablag‘larni 3 karra oshirib, 24 trillion so‘mga yetkazish;
  • mehnat migrantlari va ularning oila a’zolari davlat va xalqning doimiy g‘amxo‘rligida bo‘lishini ta’minlash, ularning farzandlariga oqishga va oliygohlarga kirishda yengilliklar berish.

“Adolat” partiyasidan prezidentlikka nomzod Robaxon Mahmudova ilgari surayotgan 8 ta muhim tashabbus:

Foto: “Adolat” matbuot xizmati
  • hududlar o‘rtasidagi iqtisodiy bir xil o‘sishni ta’minlash, barcha tuman va shaharlarni bir maqomda rivojlantirish;
  • sudyalar sonini ko‘paytirish, oilaviy, mehnat, intellektual mulk, voyaga yetmaganlar bo‘yicha ixtisoslashgan sudyalar korpusini shakllantirish;
  • “Tibbiy yordamning kafolatlangan hajmi to‘g‘risida”gi qonunni qabul qilish,
  • yo‘lsozlik sohasidagi ishlar sifati ustidan jamoatchilik nazoratini kuchaytirish;
  • tadbirkorlarni kreditni (imtiyozli kreditdan tashqari) maqsadsiz sarflaganlik uchun javobgarlikka tortish amaliyotiga barham berish;
  • advokatura institutini rivojlantirish, sudyaning sud protsessidagi rolini kamaytirish, asosan dalillarni baholashga urg‘u berish,
  • mahalliy kengashlarga tuman (shahar) hokimlariga nisbatan ishonchsizlik bildirish huquqini berish;
  • deputatlar ish vaqtining yarmini o‘z saylovchilar yonida o‘tkazishni belgilovchi tartibni joriy etish.

Ekologik partiyadan prezidentlikka nomzod Abdushukur Hamzayev ilgari surayotgan 8 ta muhim tashabbus:

Foto: Ekologik partiya matbuot xizmati
  • investitsiyaviy jozibadorlikni oshirish maqsadida “Yashil viza” (Green Visa) dasturini joriy etish;
  • shaharlar bosh rejalarini tuzishda yashil maydonlar kamida 30 foizni tashkil etishi talabini qonunchilikda belgilash;
  • polietilen, poliamid tarkibli qadoqlash mahsulotlari, bir martalik ishlatiladigan plastik idishlardan foydalanishdan bosqichma-bosqich voz kechish;
  • shaharlar markazlarida har haftaning juma kunini avtomobilsiz kun sifatida belgilash va shaxsiy transportdan foydalanmaslikni keng targ‘ib qilish;
  • ekologik qonunchilikni kodifikatsiyalash, Ekologiya, Suv, O‘rmon kodekslarini qabul qilish;
  • oqova suvlarni tozalash inshootlari samaradorligi past bo‘lgan hududlardagi inshootlarni modernizatsiya qilish va yangilarini qurish;
  • davlat idoralari faoliyatida, tenderlarda, davlat xaridlarida ochiqlik va shaffoflikni kengaytirish choralarini kuchaytirish;
  • pestitsidlardan foydalanishdan voz kechishga yo‘naltirilgan “Yashil O‘zbekiston — 2030” dasturini ishlab chiqish.

Prezidentlikka nomzodlarning saylovoldi tashviqoti 7 iyundan boshlandi. O‘zbekiston prezidenti saylovida ishtirok etayotgan har bir nomzodga targ‘ibot tadbirlari uchun 4 milliard 914 million so‘m ajratilgan.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekiston prezidentligiga nomzodlar qanday tashabbuslarni ilgari surmoqda?
ePN