
Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahrida joylashgan bozorda yirik yong‘in sodir bo‘ldi. FVV holat yuzasidan ma’lumot berdi.
Unga ko‘ra, 12 iyun kuni soat 19:17 da Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahar Baynalmilal ko‘chasida joylashgan “Buyuk ipak yo‘li” savdo kompleksi hududidagi do‘kon rastalarida yong‘in sodir bo‘layotganligi to‘g‘risida FVBga xabar tushgan.
Shunga asosan 10 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 19:25 da voqea joyiga yetib borib, yong‘in o‘chirilmoqda. Vaziyat nazoratga olingan. Yong‘in oqibatida fuqarolarning kuyish, tan jarohati olish va halok bo‘lish holatlari to‘g‘risida xabar kelib tushmadi.
[media=https://twitter.com/ShuhratRazzakov/status/1668300785854328833?s=20]
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar