
Farg‘ona viloyati, Quva tumanida yashovchi 26 yoshli X.O. murojaat qilib, «noma’lum shaxs» «telegram» messenjeri orqali u bilan bog‘lanib, unga «Openbudget» tashabbusli budjet loyihasida 4.000ta ovoz yig‘ib beraman deb aldab, uning bank kartasidan 37.000.000 so‘m pullarni yechib olganligini ma’lum qilgan.
Olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, ushbu jinoyatni Surxondaryo viloyati, Termiz tumanida yashovchi 18 yoshli Ch.S. sodir etganligi, u «telegram» messenjeri orqali X.O. bilan bog‘lanib, unga «Openbudget» tashabbusli budjet loyihasida 4.000ta ovoz yig‘ib berishini va’da qilib, uning bank kartasi raqami va maxfiy kodini qo‘lga kiritib, uning bank kartasidan 37.000.000 so‘m miqdoridagi pullarini yechib olganligi ma’lum bo‘ldi.
Mazkur holat yuzasidan Ch.S.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Qonunga muvofiq, Ch.S. tomonidan sodir etilgan jinoiy harakatlar uchun 3 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar