00:31 / 20.06.2023
456

“Bir sho‘ng‘ishda yerto‘laga tushib ketdik” – qulagan liftda bo‘lgan ayol hikoyasi

“Bir sho‘ng‘ishda yerto‘laga tushib ketdik” – qulagan liftda bo‘lgan ayol hikoyasi
18 iyun kuni Toshkent shahri Yangihayot tumanidagi 16 qavatli uyda pastga tushayotgan liftning “trosi” uzilib, tezlashib ketishi oqibatida 11 kishi jarohat oldi. Ularning ayrimlari hamon shifoxonada davolanmoqda. Kun.uz muxbiri ular bilan suhbatlashdi.
 
Liftga 9-qavatdan besh kishi kirgan ekan. Keyin biz 16-qavatga chaqirdik va ikki nabiram bilan birgalikda yana 4 kishi mindik. Birdan qasur-qusur boshlanib, chang-to‘zon ko‘tarilib ketdi. Hamma baqirib, o‘zi bilan o‘zi bo‘lib qoldi: bir sho‘ng‘ishda yerto‘laga tushib ketdik. Umuman to‘xtamadi.
 
Nabiramni quchoqlab oldim. Yerga urilgan payti oyog‘im sindi. O‘g‘limga hech narsa bo‘lmabdi, ichkarida edi. Harakat qilib lift eshigini ozgina ochdi va havo kirdi. Keyin tashqaridan odamlar kelib, yordamlashdi. Pastga tushib ketgach ham 40-50 minut qolib ketdik lift ichida. Hamma nima bo‘lganini bilmay, xushsiz holatga tushib qoldi. Hatto xotiram ketib qoldi, shifoxonaga kelganimizda ismimni eslolmadim. Ikki yoshli nabiramning tishi sindi, yetti yoshlisining ko‘zi ko‘karibdi.
 
Oldin ham bir-yarim chiqardik u liftga, negadir tez tushib-tez chiqardi. Ha bu lift shunaqa tez ekan-da, deb o‘ylardik. Aslida nosoz ekan u. Liftchilarga ham, quruvchilarga ham da’vom bor, qarigan paytimda bunday cho‘loq bo‘lib qolishim juda qiyin”, deydi lift ichida bo‘lgan Maryam Shomardonova.
 
Liftda bo‘lib, jarohat olganlarning yana biri fuqaro Shirin Mamadiyorova. U jiyanining uyiga mehmondorchilikka borgan va qaytishda 9-qavatdan liftga mingan.
 
Biz liftga mingach 16-qavatga chaqiruv bo‘ldi va u yerdan ikki bolasi bilan 4 kishi chiqdi. Lift yurgach, ikki qavatdan keyin tezlashib ketdi va yerga borib zarb bilan urildi. Qo‘rqib qoldim, o‘tirmoqchi edim, bir oyog‘im o‘zimga bo‘ysunmadi. Shok holatiga tushib qoldik. Atrof baqir-chaqir bo‘lib ketdi. Erkaklar eshikni ochishga harakat qildi. Tashqaridan ham yigitlar yordamga kelishdi. Lift eshiklarini amallab ochib, bizni tashqariga chiqarishdi”, deya ta’kidlaydi Shirin Mamadiyorova.
 
Shifokor Anvar Ismoilovga ko‘ra, shifoxonaga 8 nafar bemor murojaat qilgan. Ularning ayrimlarida qo‘l va oyoq suyaklarining yopiq sinishi kuzatilgan. Hozirda bemorlarning ahvoli qoniqarli.
 
Kun.uz muxbiri voqea sodir bo‘lgan tundayoq hodisa joyida bo‘lib, guvohlar bilan suhbatlashgandi. Ko‘p o‘tmay lifti qulab tushgan 16 qavatli turar joy majmuasini “LAND HOUSE” MCHJ qurgani, bir oy oldin foydalanishga topshirilgan “dom”ning aholi uchun ajratilgan 2 ta lifti nosoz holda bo‘lgani, liftlar esa Turkiyada ishlab chiqarilgani ma’lum qilindi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » “Bir sho‘ng‘ishda yerto‘laga tushib ketdik” – qulagan liftda bo‘lgan ayol hikoyasi
ePN