Toshkent viloyatida inspektor xizmat vaqtida pichoqlandi


Toshkent viloyati Bekobod shahrida inspektor xizmat vaqtida pichoqlandi. Ekologiya vazirligi holatning dastlabki tafsilotlarini ochiqladi.
Unga ko‘ra, 19 iyun kuni Toshkent viloyati ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi Bekobod shahar bo‘limi boshlig‘i, davlat inspektori Muhammadjon Fozilov xizmat vazifasini bajarayotgan vaqtida pichoqlandi.
Ayni damda inspektorga tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda. Bemor operatsiya qilinib, jonlantirish bo‘limiga o‘tkazilgan. Tegishli tashkilotlar tomonidan voqea sabablari va boshqa tafsilotlar o‘rganilmoqda.
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling































Izohlar 0
…