23:23 / 21.06.2023
111

Bu yil avvalgidan 10 foiz ko‘p talaba grantda o‘qiydi. “Qabul—2023”da qanday yangiliklar?

Bu yil avvalgidan 10 foiz ko‘p talaba grantda o‘qiydi. “Qabul—2023”da qanday yangiliklar?
Bugun (21 iyun) AOKAda “2023/2024-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga qabul” mavzusida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Muloqotda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Bilim va malakalarni baholash agentligi mutasaddilari jurnalistlar savollariga javob qaytardi. Bu haqda “Daryo” xabar berdi.
 
Tadbirda prezident farmoyishi bilan 2023/2024-o‘quv yili uchun davlat OTMlariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari tasdiqlangani aytildi. Hujjatga ko‘ra, joriy o‘quv yilida davlat OTMlariga jami 206 ming 857 nafar abituriyent o‘qishga qabul qilinadi. Shundan 43 ming 783 nafari grant, 163 ming 74 nafari to‘lov-kontrakt asosida o‘qiydi.
 
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi departament boshlig‘i Abduvali Xoliqovning aytishicha, bu yil grant uchun ko‘proq kvota beriladi.
 
Bakalavriatga (kunduzgi) o‘tgan yilgiga nisbatan grant 10 foizga, kontrakt 1 foizga oshirildi. Bu yangi o‘quv yilida 2022 yilga nisbatan 10 foiz ko‘proq bolalarga davlat granti asosida o‘qish imkoniyat yaratilmoqda degani. Magistaratura yo‘nalishiga 8 ming 923 ta davlat granti ajratilgan bo‘lsa, 8 ming 170 ta o‘rin to‘lov-shartnomasi uchun tasdiqlandi”, — dedi u.
 
Abduvali Xoliqovning qo‘shimcha qilishicha, har bir davlat OTMda qabul komissiyasi shakllantirilgan.
 
Komissiya Bilim va malakalarni baholash agentligining maxsus dasturida ro‘yxatdan o‘ta olmaydigan abituriyentlar toifasi bilan ishlaydi. Ya’ni fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar hamda voyaga yetmaganlarni ID kartasi orqali ro‘yxatini tuzish bilan shug‘ullanadi. Fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar to‘g‘ridan to‘g‘ri o‘z yashash hududiga yaqin bo‘lgan OTMga murojaat qilib, o‘sha yerdan ro‘yxatdan o‘tishi mumkin. OTMlarda kasbga yo‘naltirish va Call-markazlari tashkil etilgan. Ulardan to‘liq ma’lumot olish mumkin. Ijodiy imtihonlarni o‘tkazish avvalgi tartibda bo‘ladi”, — dedi vazirlik vakili.
 
Bilim va malakalarni baholash agentligi direktori maslahatchisi Farhod Mirzayevning ta’kidlashicha, imtihonlarni o‘tkazish uchun tayorgarlik ishlari rejadagidek ketmoqda.
 
Hujjatlarni qabul qilish kecha (20 iyun) tushdan keyin boshlangan bo‘lsa, hozigacha 10 mingga yaqin abiturient ro‘yxatdan o‘tishga ulgurdi. Ro‘yxatdan o‘tish uchun talabgorlardan faqatgina ikkita — pasport (yoki ID karta) va o‘rta ta’limni bitirgani haqidagi hujjat talab qilinadi. Onlayn ro‘yxatdan o‘tish uchun haftaning barcha kunlarida 24 soat davomida imkoniyat mavjud. Talabgor beshtagacha ta’lim yo‘nalishini tanlash mumkin”, — dedi mutaxassis.
 
Hisob-kitoblarga ko‘ra, respublikadagi 92 ta binoda test jarayonlari o‘tkaziladi. Bir smenada 44 ming nafardan ortiq abituriyentlar imtihon topshira oladi. Bir kunda esa 90 mingga yaqin abituriyent test jarayonida qatnashadi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Bu yil avvalgidan 10 foiz ko‘p talaba grantda o‘qiydi. “Qabul—2023”da qanday yangiliklar?
ePN