20:08 / 22.06.2023
216

6 yoshli qizning ziraklarini yechib olgan ayol qo‘lga olindi

6 yoshli qizning ziraklarini yechib olgan ayol qo‘lga olindi
Joriy yilning 12 iyun kuni noma’lum ayol ko‘chada o‘ynab yurgan qizchaning oldiga kelib, undan ziraklarini tomosha qilish uchun berib turishini so‘ragan. Biroq ayol ziraklarni qaytarib bermay, darhol g‘oyib bo‘lgan.
 
Shundan so‘ng qizchaning onasi 29 yoshli Gulzoda T. qiymati 100 AQSH dollari bo‘lgan ziraklar o‘g‘irlab ketilganligi yuzasidan ariza bilan murojaat qilgan.
 
Ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida, ushbu jinoyatni sodir etishda gumon qilingan 35 yoshli Dilnoza B. aniqlanib, qo‘lga olindi. Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi (O‘g‘rilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov davom etmoqda, deyiladi poytaxt IIBB xabarida.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » 6 yoshli qizning ziraklarini yechib olgan ayol qo‘lga olindi
ePN