21:40 / 23.06.2023
152

Ohangaronda qora tutun sabab 6 ta mashina to‘qnashib ketdi (video)

Ohangaronda qora tutun sabab 6 ta mashina to‘qnashib ketdi (video)
Ohangaron tumanida 6 ta transport vositasi ishtirokida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi yuzasidan ma’lumot berildi.
 
Unga ko‘ra, holat 23 iyun kuni soat taxminan 13:00 larda Toshkent viloyati Ohangaron tumani hududidan o‘tgan Olmaliq—Toshkent avtomobil yo‘lining 13-kilometrida sodir bo‘lgan. 6 ta transport vositasi (Captiva, Lada Largus, Nexia-3,  Shinerfly (mikroavtobus), Damas va Howo rusumli yuk avtomobili) bir yo‘nalishda harakatlanib kelayotgan vaqtda oldinma-ketin urilishi natijasida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.
 
Ushbu to‘qnashuv natijasida Nexia-3 yo‘lovchisi 1980 yilda tug‘ilgan T.G.ga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan. Boshqa harakat ishtirokchilarining sog‘lig‘iga ziyon yetmagan. Transport vositalari texnik shikastlangan.
 
Dastlabki surishtiruvlarga ko‘ra, dala maydonida sodir bo‘lgan yong‘indan hosil bo‘lgan qora tutun haydovchilarning boshqa avtoulovlarni ko‘rmay qolishiga sabab bo‘lgan. Holat yuzasidan tuman IIB YHXB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
[media=https://twitter.com/ShuhratRazzakov/status/1672282260131725312?s=20]

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Ohangaronda qora tutun sabab 6 ta mashina to‘qnashib ketdi (video)
ePN