20:28 / 25.06.2023
290

Andijonda 12 qavatli uy kolonnasi qiyshiqligi aniqlanib, qurilish ishlari to‘xtatildi

Foto: Ijtimoiy tarmoq

Andijonda 12 qavatli uy kolonnasi qiyshiqligi, aholi xonadonlaridan 4 metr masofa saqlagan holda qurilayotgani aniqlandi. Bu haqda murojaat ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilingach, viloyat Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida hududiy nazorat inspeksiyasi tomonidan o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish natijalaridan ma’lum bo‘lishicha, Andijon shahar qurilish bo‘limining 2021-yil 26-martdagi ruxsatnomasi bilan qurilishi tugallanmagan binoni buzib, o‘rniga ko‘p qavatli turar joy qurish uchun ruxsat berilgan.

Kengash xulosasida hududiy yong‘inga qarshi nazorat xizmati tomonidan yuqoridagi loyiha hujjati talablarga muvofiq ishlab chiqilgan, deb kelishilgan. 12 qavatli turar joy binosi bilan yakka tartibdagi uy-joy binosi oraliq masofasi 4-8 metrgacha saqlangan holda loyihalangan hamda “Sharq Stroy Ekspert” MCHJ tomonidan ekspertiza xulosasi berilgan.

Yuqoridagi holatlar yuzasidan viloyat qurilish bosh boshqarmasiga Arxitektura va shaharsozlik kengashi ishchi organining 2021-yil 5-iyuldagi xulosasi noto‘g‘ri berilgani sababli 2022-yil 10-avgustda inspeksiya tomonidan taqdimnoma (kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan masʼullarga belgilangan tartibda chora ko‘rish, loyiha tashkilotini litsenziyasini bekor qilish hamda berilgan ASHK xulosasini bekor qilish) kiritilgan.

Bosh boshqarma hududiy inspeksiyaning taqdimnomasiga 2022-yil 23-avgust kuni yo‘llagan javob xatida obyekt qurilishini inspeksiya tomonidan vaqtinchalik to‘xtatib turish lozimligi va yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar yuzasidan loyiha tashkiloti rahbaridan tushuntirish xati olingani bildirilgan.

Inspeksiya tomonidan o‘tkazilgan nazorat ishlari davomida mazkur ko‘p qavatli turar joy binosining B-blogi 3-qavati “1-G” o‘qidagi yuk ko‘taruvchi ustun (kolonna) konstruksiyasi vertikallikdan 50-70 millimetrga og‘ganlik holati ham aniqlangan.

Holat yuzasidan inspeksiya tomonidan 2023-yilning 23-iyunida qurilishni to‘xtatish to‘g‘risida yozma ko‘rsatma berilib, qurilish ishlari to‘xtatilgan.

Obyektda aniqlangan qoidabuzarliklar yuzasidan buyurtmachining texnik nazorati, loyihachining mualliflik hamda pudratchining ichki nazorati xodimlariga Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 99-moddasi (shaharsozlik to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish) 1-qismi bilan maʼmuriy jarima qo‘llash uchun hujjatlar rasmiylashtirilgan.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Andijonda 12 qavatli uy kolonnasi qiyshiqligi aniqlanib, qurilish ishlari to‘xtatildi
ePN