Foto: DXX
2022 yilda Davlat xavfsizlik xizmati idoralari tomonidan boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda 1279 ta narkojinoyat fosh etilgan.
Noqonuniy muomaladan 917 kg giyohvandlik vositalari, jumladan, geroin, opiy, moddalari musodara qilindi. Shuningdek, 373 ming 550 dona kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarining noqonuniy savdosiga chek qo‘yilgan.
Ta’kidlanishicha, respublikada sintetik narkotik moddalarni musodara qilish holatlari ko‘payyapti. Xususan, 2022 yilda 32 kgdan ortiq sintetik giyohvandlik vositalari noqonuniy aylanmadan olingan, ular asosan mefedron, amfetamin, “Alfa-PVP” va MDMA kabi narkotiklar hisoblanadi.
Xalqaro hamkorlik doirasida 2022 yilda Rossiya Federal xavfsizlik xizmati, Qozog‘iston Milliy xavfsizlik qo‘mitasi, Qirg‘iziston Davlat milliy xavfsizlik qo‘mitasi bilan birgalikda 9 ta faol tadbir va maxsus operatsiyalar o‘tkazilib, 11 nafar narkojinoyatchi ushlangan hamda 166,4 kg giyohvandlik vositalari musodara qilingan.
“Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Hindiston BMTni isloh qilishga chaqirdi
Stoltenberg: “Rossiya NATOni qo‘rqitishga harakat qilmoqda”
Zelenskiyning AQSHga tashrifi: Tramp «Ukraina endi yo‘qligi»ni aytdi
Kuniga nechta olma yeyish mumkin? Ommabop mevaning zararli xususiyatlari
Lukashenko NATO davlatlariga yadroviy zarba berishga tayyorligini ma’lum qildi
Tramp Zelenskiyning AQSHga tashrifi chog‘ida u bilan uchrashishdan bosh tortdi
Yaqin Sharq katta urush ostonasidami?
Oyatulloh Xomanaiy: “Yo‘qotishlarga qaramay, “Hizbulloh” kuchli bo‘lib qoladi”