20:31 / 03.07.2023
162

Namangan viloyatida 1,5 ming yillik noyob tangalar topildi (foto)

Foto: Namangan viloyat hokimligi axborot xizmati

Namangan viloyatida 1,5 ming yillik noyob tangalar topildi. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati xabar berdi.

Unga ko‘ra, ushbu nodir topilmalar 1200-1500-yillik tarixga ega bo‘lsa-da, juda yaxshi saqlangan. Ular ichida 475-600-yillarga mansub Baqtriya kumush tangalari ham borligi aniqlangan. O‘rta Osiyoda birinchi kumushdan yasalgan tangalar miloddan avvalgi 3-asrda chiqarilgan. Uning yuza qismi — aversiga podshoning surati, orqa tomoni — reversiga esa har xil xudolar, muqaddas hayvonlar tasviri solingan yoki podsholarning nomi yozilib, tamg‘asi tushirilgan.

Foto: Namangan viloyat hokimligi axborot xizmati

Qayd etilishicha, 9-asrga oidligi aytilayotgan Qoraxoniylar hukmronligi davridagi kumush tanglar ham arab yozuvidagi bejirim xatga ega. Yana bir tanga mutaxassislar eʼtiborini tortdi. Uning aversida arab yozuvi, reversida xitoy iyerogliflari mavjud.

Foto: Namangan viloyat hokimligi axborot xizmati
“Hozirda Axsi osori-atiqalar muzeyida turli davrlarga oid mingdan ortiq tangalar saqlanmoqda. Yangi Axsi va Axsikent arxeologiya yodgorlik majmualarida boshlangan keng ko‘lamli bunyodkorlik ishlari barchani quvontirmoqda. Buni ko‘rgan xalqimiz asrlar osha saqlab kelayotgan nodir artefaktlarini muzeyga taqdim etishmoqda”, — deydi majmua rahbari Bilolxon Rustamov.

Ayni paytda olimlar tangalarning tasvirlari, yozuvlari, og‘irligi, qanday metalldan yasalgani, pul muomalasidagi darajasi va tanga zarb qilinish tarixini o‘rganmoqda.

Foto: Namangan viloyat hokimligi axborot xizmati

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Namangan viloyatida 1,5 ming yillik noyob tangalar topildi (foto)
ePN