Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumanidagi 4 gektar yerni noqonuniy sotmoqchi bo‘lgan jinoiy guruh ushlandi. Bu haqda IIV matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, 1968 yilda Toshkent viloyatida tug‘ilgan MCHJ rahbari 1989 va 1995 yilda tug‘ilgan ikki nafar sherigi bilan jinoiy guruh bo‘lib, fuqaroga Toshkent viloyati Yuqori Chirchiq tumanida joylashgan fermer xo‘jaligiga qarashli 4 gektar yerni 4 million dollarga sotishga kelishgan.
Toshkent shahrining Chilonzor tumanidagi restoranlarning birida so‘ralgan puldan bo‘nak sifatida 500 ming dollar olayotganida IIV Tezkor-qidiruv departamenti va boshqa huquqni muhofaza qilish organlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida ushlangan.
Holat yuzasidan Qibray tumani prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 4-qismi “a” bandi va 211-moddasi (pora berish) bilan bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!