15:05 / 08.07.2023
492

O‘zbekistonda pensiyaga chiqish yoshini kamida 5 yilga uzaytirish taklif qilindi

O‘zbekistonda pensiyaga chiqish yoshini kamida 5 yilga uzaytirish taklif qilindi

Otabek Bakirov
Foto: Markaziy bank

O‘zbekistonda pensiyaga chiqish yoshini kamida 5 yilga uzaytirish kerak. Bu haqda iqtisodchi Otabek Bakirov Twitter'dagi sahifasida fikr bildirdi.

Iqtisodchining yozishicha, hozirgi tizim yuklamani boshqa ko‘tara olmaydi. 

Pensiya yoshi kamida 5 yoshga ko‘tarilishi kerak. Hozirgi tizim yuklamani boshqa ko‘tara olmaydi. Individual jamg‘arib boriladigan pensiya tizimiga o‘tilmasa, bu ham yordam bermaydi”, — deb yozadi mutaxassis.

Ayni paytda O‘zbekistonda pensiya va nafaqa oluvchilar soni 4,5 million kishiga yaqinlashgan.

2023 yil uchun “O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risida”gi qonunga asosan, Pensiya jamg‘armasiga davlat budjetidan transfertlar miqdori 15 trillion so‘m bo‘lishi ko‘zda tutilgan. Iqtisodiyot va moliya vaziri o‘rinbosari Dilshod Sultonov shu yilning mart oyidagi matbuot anjumanida Pensiya jamg‘armasi uchun 14,5 trillion so‘m tashqi qarz jalb qilinishini ma’lum qilgan.

Tashqi qarzning 3 milliard dollardan ortiq qismi budjetni qo‘llab-quvvatlashga sarflanadi. Masalan, bu yilgi ikkita yirik xarajatdan biri – pensiya Jamg‘armasiga beradigan transfertimiz 15 trillion so‘m bo‘lishi ko‘zda tutilmoqda. Sababi aholi faollik bilan soliq to‘lashga kirib kelmayapti. Ko‘pchilik oylikni yashiradi, soliq to‘lamaslikka harakat qiladi va oylikni past ko‘rsatadi. Shuning hisobiga pensiyaning taqchilligi katta bo‘lyapti”, — degan vazir o‘rinbosari.

Avvalroq O‘zbekistonda Markaziy Osiyoning boshqa mamlakatlariga nisbatan pensiyaga chiqish yoshi pastroq ekani xabar qilingandi. Xususan, 2023 yil iyun oyi holatiga ko‘ra, O‘zbekiston fuqarolari uchun pensiya yoshi — erkaklarga 60 yosh, ayollarga 55 yosh etib belgilangan.

Qozog‘istonda erkaklar 63 yoshdan, ayollar 61 yoshdan pensiyaga chiqishi mumkin. Qirg‘izistonda ham erkaklar uchun pensiya yoshi 63 yosh, ayollarga esa 58 yosh etib belgilangan. Tojikistonda erkaklar 63 yoshdan, ayollar 58 yoshdan pensiyaga chiqsa, Turkmanistonda erkaklar 62 yoshdan, ayollar 57 yoshdan yoshga doir pensiyaga chiqish huquqiga ega.

Ma’lumot uchun, O‘zbekistonning davlat tashkilotlarida ishlayotgan xodimlarning 5 foizi pensiya yoshidagilar hisoblanadi.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonda pensiyaga chiqish yoshini kamida 5 yilga uzaytirish taklif qilindi
ePN