21:10 / 12.07.2023
356

Sherzod Asadov: “Kimki fidoyi bo‘lib ishlamasa, xalqni o‘ylamasa, lavozimidan bo‘shatilishi tabiiy”

Sherzod Asadov: “Kimki fidoyi bo‘lib ishlamasa, xalqni o‘ylamasa, lavozimidan bo‘shatilishi tabiiy”

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 11 iyul kuni investitsiyalar jalb qilishni yanada kengaytirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar yuzasidan videoselektor o‘tkazildi. Kun.uz tadbir tafsilotlari bo‘yicha prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov bilan telefon orqali bog‘lanib, izoh oldi.

Asadovga ko‘ra, yig‘ilishda, asosan, 3 ta masala ko‘rilgan.

  • Birinchisi — 2023 yil boshidan beri xorijiy sarmoyalarrni o‘zlashtirish holati.
  • Ikkinchisi — yangi loyihalarga to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyalarni jalb qilish rejalari.
  • Uchinchisi — investorlar uchun yangi imkoniyatlar yaratish.

Yig‘ilishda jahon iqtisodiyotidagi og‘ir sharoitda aholiga munosib sharoit yaratish uchun yuz minglab yuqori daromadli ish o‘rinlarini tashkil etish, dunyo bozorida raqobat qila oladigan mahsulotlar ishlab chiqarish zarurligi ta’kidlangan.

Prezident bu jarayonlarining amalga oshishida sohaga alohida e’tibor qaratib natija talab qilayotgani aytildi. Shuningdek, davlat rahbari yig‘ilishda har bir tarmoq va hududga investitsiyalarni jalb etish hamda loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha aniq harakatlar algoritmini ko‘rsatib bergan.

Prezident matbuot kotibi selektorda investitsiyalarni jalb qilish, ularni o‘zlashtirishda sustkashlikka yo‘l qo‘ygan rahbarlarning ishdan olinganiga ham munosabat bildirdi.

Bu boshqa rahbalarni ham xushyorlikka va faollikka undashi kerak, deb o‘ylayman. Kimki fidoyi bo‘lib ishlamasa, xalqni o‘ylamasa, lavozimidan bo‘shatilishi tabiiydir. Konstitutsiyaviy islohotlar va prezidentlik saylovidan keyin mamlakatimiz yangi bosqichiga o‘tmoqda. Endi talab tabiiyki yanada oshadi. Belgilangan maqsadlarni amalga oshirish uchun barcha darajadagi rahbarlardan avvalgidan 5 karra, kerak bo‘lsa 10 karra ko‘proq g‘ayrat va shijoat bilan ishlash talab qilinadi”, — dedi Asadov.

Ma’lumot uchun, prezident mazkur videoselektor yig‘ilishida 2 nafar vazir o‘rinbosari, 3 nafar kompaniyalar raislari, 2 ta shahar va 10 ta tuman hokimlarini ishdan oldi.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Sherzod Asadov: “Kimki fidoyi bo‘lib ishlamasa, xalqni o‘ylamasa, lavozimidan bo‘shatilishi tabiiy”
ePN