06:56 / 15.07.2023
121

EQUINOX” avtomashinasi xatlandi va da’vo ta’minlandi

EQUINOX” avtomashinasi xatlandi va da’vo ta’minlandi

Qonunchiligimizda shartnoma shartlarini bajarmagan yuridik va jismoniy shaxslarga nisbatan sudning qaroriga asosan majburlov choralari qo‘llanilishi mumkin, agarda shaxs mavjud qarzlarini to‘lash choralarini ko‘rmasa, qarzdorlikni undirish uning mol-mulkiga qaratiladi.

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Farg‘ona tumanlararo sudining 12.07.2023 yildagi ajrimiga asosan undiruvchi ATB “Kapitalbank” Farg‘ona filiali foydasiga kredit qarzini undirish haqidagi fuqarolik ishi bo‘yicha da’voni ta’minlash to‘g‘risidagi qaroriga asosan garov mulki bo‘lgan “EQUINOX” rusumli avtotransport vositasini xatlash haqida Byuroning Farg‘ona tuman bo‘limi zimmasiga yuklatilgan.

Davlat ijrochisi tomonidan olib borilgan ijro harakatlari davomida 13.07.2023 yil kuni qarzdorga tegishli bo‘lgan “EQUINOX” rusumli avtotransport vositasi xatlanib, majburiy tartibda jarima maydoniga olib kirildi va ijro hujjati amalda tamomlandi.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » EQUINOX” avtomashinasi xatlandi va da’vo ta’minlandi
ePN