13:05 / 16.07.2023
137

Eng ko‘p abituriyent ro‘yxatdan o‘tgan universitetlar beshtaligi e’lon qilindi

Eng ko‘p abituriyent ro‘yxatdan o‘tgan universitetlar beshtaligi e’lon qilindi

O‘zbekistonda yangi o‘quv yili uchun OTMlariga abituriyentlardan hujjat qabul qilish davom etmoqda. Bilimni baholash agentligi 15-iyul 18:00 holatiga eng ko‘p abituriyent ro‘yxatdan o‘tgan universitetlar beshtaligini maʼlum qildi.

Infografika: Bilimni baholash agentligi

O‘tgan 25 kun davomida eng ko‘p abituriyent ro‘yxatdan o‘tgan universitetlar qatorida O‘zbekiston milliy universiteti (23 ming 552 nafar) birinchi o‘rinda qayd etilgan.

Keyingi o‘rinlarda:

  • Farg‘ona davlat universiteti ( 18 ming 218 nafar);
  • Toshkent axborot texnologiyalari universiteti (18 ming 192 nafar);
  • Toshkent davlat pedagogika universiteti (18 ming 165 nafar);
  • Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti (17 ming 511 nafar) joy olgan.

Oliy taʼlim muassasalarining bakalavriatiga o‘qishga kirish uchun 605 ming 879 nafar abituriyent onlayn ro‘yxatdan o‘tgan. Shundan kunduzgi taʼlim shakli uchun 397 ming 807 nafar, kechki taʼlimga 15 ming 311 nafar, sirtqi taʼlim shakli uchun 188 ming 571 nafar, masofaviyga 4 ming 190 nafar abituriyent hujjat topshirgan.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Eng ko‘p abituriyent ro‘yxatdan o‘tgan universitetlar beshtaligi e’lon qilindi
ePN