
Buxoro viloyati Qorovulbozor tumanida reyd tadbiri olib borayotgan tuman Ekologiya bo‘limi boshlig‘i, inspektor M.H. xizmat vaqtida yaralandi, deb xabar bermoqda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi.
Aniqlanishicha, inspektor Qorovulbozor hududida noqonuniy ov qilinayotganidan xabar topgan. Holatga chek qo‘yish maqsadida voqea joyiga borganida esa brakoner tomonidan o‘q uzilishi natijasida qo‘lidan yaralangan. Brakoner voqea joyidan yashiringan.
Inspektorga tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan. Ayni damda uning ahvoli yaxshi. Brakonerlarni qo‘lga olish choralari ko‘rilmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.