21:20 / 17.07.2023
250

Toshkent viloyati hokimi: “Chirchiqdagi uylarni sotishda korrupsion sxema ishlayapti”

Toshkent viloyati hokimi: “Chirchiqdagi uylarni sotishda korrupsion sxema ishlayapti”

Zoir Mirzayev.

Toshkent viloyatining Chirchiq shahrida yangi qurilayotgan uylarni sotishda korrupsion sxema ishlayotgani aytildi. Bu haqda viloyat hokimi Zoir Mirzayevning navbatdagi yig‘ilishida so‘z borgan.

Chirchiq shahrida uylarni sotishda korrupsion sxema ishlayapti. “Otkat” olyapti, “shapka” olyapti, ikkita odam boshqaryapti. Sizlar buni ochgilaring kelmayapti, viloyatdan turib ochib berishimizni kutyapsizlar. Odamlarda Chirchiqda to‘g‘ridan to‘g‘ri uyni sotib olish mumkin, degan ishonch yo‘qolgan. Qurilish tashkilotiga mana bu domni bitkazdingmi, degan so‘rov yo‘q. Janob hokim meni 85-90 foizi tayyor deb, bir uyga olib kirdi, 50 foiz ham tayyor emas ekan. Beshinchi qavatga chiqqanidan so‘ng janob Hidoyatovning tili kalimaga kelmay qoldi. Aldolmadi o‘zi ham. Beshinchi qavatga o‘zi ham birinchi marta chiqib turgani sezilib qoldi, — deydi Zoir Mirzayev.

Viloyat hokimi Chirchiq shahri “to‘rtligi” — hokim, prokuror, IIB va Soliq inspeksiyasi rahbarlari faoliyati qoniqarsizligini aytdi.

Chirchiq shahrining to‘rtta sektor rahbaridan umuman noroziman. Hammasiniki la-la-la-la, balo ham yo‘q. O‘sha yerda yotishi kerak to‘rtta sektor, janob Mahmudov, — deydi Zoir Mirzayev kapital qurilish va kommunikatsiyalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Shukurulla Mahmudovga tanbeh berar ekan.

Toshkent hokimi mazkur muammolar sabab o‘rinbosarini ham tanqid qiladi.

Foto: Videodan kadr
Chirchiqda hammasi bilganini qilib, korrupsion sxema ishlayapti. Siz borasiz, mashinadan tushmay qaytib kelasiz. Men piyoda yurib, birorta dom qolmadi, hammasining birinchi, ikkinchi qavatlariga kirib chiqdim. Bu oliftalarning tili og‘zidan chiqib, galstuk bo‘lib qoldi. Yurolmaydi bularning hammasi, xomsemiz bo‘lib qolgan. Tamom bo‘lgan hammasi, hammasi olifta. Hammasi konditsioner tagida o‘tirgan, — deydi Zoir Mirzayev Chirchiq shahri rahbarlarini tanqid qilar ekan.

Viloyat rahbari o‘rinbosari Shukurulla Mahmudovga Chirchiq shahri hokimining qurilish masalalari bo‘yicha o‘rinbosarini ishdan olish bo‘yicha topshiriq bergan.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkent viloyati hokimi: “Chirchiqdagi uylarni sotishda korrupsion sxema ishlayapti”
ePN