Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Buxoro shahar bo‘limi tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Unda Buxoro davlat pedagogika instituti o‘quv bo‘limi boshlig‘i A.A. fuqarolar B.S. va Q.Q.ni tanishlari yordamida 5 000 AQSH dollari evaziga ushbu institutga o‘qishga kiritib qo‘yishini aytib, oldindan 4 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 25, 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar