00:10 / 19.07.2023
246

Toshkentda 17 yoshli qizga tegajog‘lik qilgan erkak ishi bo‘yicha sud boshlandi

Toshkentda 17 yoshli qizga tegajog‘lik qilgan erkak ishi bo‘yicha sud boshlandi

Kadr: Telegram

Toshkent shahar Mirobod tumanida erkak 17 yoshli o‘quvchi qizga tegajog‘lik qilgani haqida xabar berilgandi. Oliy sud matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, holat yuzasidan sud jarayonlari boshlandi.

Unga ko‘ra, jinoyat ishlari bo‘yicha Mirobod tuman sudida Jinoyat kodeksining 25,118-moddasi (nomusga tegishga suiqasd qilish) 3-qismi “a” bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda ayblanayotgan O.O. (1997 yilda Samarqand viloyatida tug‘ilgan, ishsiz, muqaddam sudlanmagan) ga oid jinoyat ishini ko‘rib chiqish bo‘yicha sud jarayoni boshlandi.

Ushbu jinoyat ishi jinoyat ishlari bo‘yicha Mirobod tuman sudining raisi S.Sodiqov raisligida Jinoyat-protsessual kodeksining 19-moddasi (sudda jinoyat ishlarining oshkora ko‘rilishi) talablariga muvofiq yopiq sud majlisida ko‘rib chiqiladi.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentda 17 yoshli qizga tegajog‘lik qilgan erkak ishi bo‘yicha sud boshlandi
ePN