20:16 / 20.07.2023
226

O‘zbekistonda uch nafar hokim tadbirkorlik bilan shug‘ullanayotgani aniqlandi

O‘zbekistonda uch nafar hokim tadbirkorlik bilan shug‘ullanayotgani aniqlandi

O‘zbekistonda 6 nafar rahbar mansabdor shaxs tadbirkorlik bilan shug‘ullanayotgani aniqlandi, deb xabar bermoqda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi axborot xizmati.

Unga ko‘ra, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan o‘tkazilgan o‘rganishlar davomida 6 nafar rahbar mansabdor shaxs (3 nafar tuman-shahar hokimi, 1 nafar agentlik, 1 nafar unitar korxona va 1 nafar qo‘mita rahbari) tadbirkorlik subyektlarining taʼsischilari ekani maʼlum bo‘ldi. Jumladan:

  • Milliy antidoping agentligi direktori A.Sadikov —Total Oil MCHJ; 
  • “Axborotlashtirish bosh markazi” DUK rahbari D.Sarixo‘jayev — “Musammo” MCHJ;
  • Andijon viloyati Bo‘ston tumani hokimi S.Nosirova —“Sabina Issiq Nonlari 777” va “Ko‘mir sanoati” MCHJlar;
  • Navoiy viloyati Qiziltepa tumani hokimi U.Fayziyev — Zarafshan Golden Group va Zarafshon Grand Invest  MCHJlar, “G‘ani bobo chorvasi” fermer xo‘jaligi; 
  • Toshkent shahar Yakkasaroy tumani hokimi A.Sayfutdinov — Sanico Group va “Uv-Maks” MCHJlar;
  • Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qo‘mitasi rahbari B.Sharipov —“Karomat oyijon-Surxon” fermer xo‘jaligida taʼsischi sifatida faoliyat yuritib kelayotgani aniqlandi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonda uch nafar hokim tadbirkorlik bilan shug‘ullanayotgani aniqlandi
ePN