20:37 / 21.07.2023
190

O‘zbekistonda so‘nggi 5 yil ichida 663 marta nomusga tegish jinoyati sodir etildi

O‘zbekistonda so‘nggi 5 yil ichida 663 marta nomusga tegish jinoyati sodir etildi

Oliy sud 2019—2023 yillarda sudlangan shaxslar tomonidan sodir etilgan ayrim turdagi jinoyatlarning hududlar kesimi bo‘yicha dinamikasini e’lon qildi. “Daryo” hujjatni tahlil qilib, Jinoyat kodeksining 118-moddasi (nomusga tegish) bilan bog‘liq holatlar haqida ma’lumot beradi.

Unga ko‘ra, O‘zbekistonda so‘nggi 5 yilda 663 ta nomusga tegish jinoyati sodir bo‘lgan. Xususan, ko‘rsatkich 2019 yilda 154 tani, 2020 yilda 141 tani, 2021 yilda esa 160 ta tashkil etgan. O‘tgan 2022 yilda 170 nafar shaxs ushbu jinoyati uchun jazoga tortilgan bo‘lsa, 2023 yilning yanvar—mart oylari mobaynida respublikada 38 marta ushbu jinoyat sodir etilgani aniqlangan.

Hududlar kesimida tahlil qilinganda keyslarning eng ko‘p qismi Toshkent va Samarqand viloyatlari bilan bog‘liqligini ko‘rish mumkin. Negaki, bu hududlar so‘nggi 5 yil ichida nomusga tegish jinoyati eng ko‘p sodir etilgan viloyatlar hisoblanadi: mos ravishda 108 ta va 106 ta.

Yana bir e’tiborli jihati, 2019 yilda Navoiy viloyatida biror marta nomusga tegish jinoyati sodir etilmagan. Boshqa istalgan yili istalgan hududda kamida bir marta bu holat yuz berganini ko‘rish mumkin.

Nomusga tegish bilan aybdor deb topilgan shaxslar eng kam aniqlangan hududlar esa Navoiy (14), Sirdaryo (19) va Andijon (27) viloyatlari hisoblanadi.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonda so‘nggi 5 yil ichida 663 marta nomusga tegish jinoyati sodir etildi
ePN