15:10 / 22.07.2023
273

Buxoroda totalizatorda 100 mln so‘m yutqazgan yigit ota-onasining seyfini o‘marib, uni yoqib yubordi

Buxoroda totalizatorda 100 mln so‘m yutqazgan yigit ota-onasining seyfini o‘marib, uni yoqib yubordi

Buxoroda totalizatorda salkam 100 million so‘m miqdorda pul yutqazgan shaxs o‘z yashash xonadonidagi seyfdan pullarni o‘g‘irlab, jinoyati izini yashirish maqsadida seyfni yoqib yubordi. Bu haqda Jinoyat ishlari bo‘yicha G‘ijduvon tuman sudi raisiga tayanib, “Xabar.uz” xabar berdi.

Sud hujjatlariga ko‘ra, G‘ijduvon tumanida yashovchi 20 yoshli X.G. o‘z qo‘l telefonidagi “1xBet” ilovasi orqali totalizator o‘yinlarida ishtirok etib kelgan. U berilib ketish oqibatida o‘yinda bir necha bor ishtirok etgan va jami salkam 100 million so‘m pulni tikkan hamda o‘yinda ularni boy bergan.

Shundan so‘ng, X.G. ota-onasining xonasida yog‘och pol ostida bo‘lgan temir seyfni joyidan chiqarib olgan va uning eshigini buzib, 100 million so‘mga yaqin pullarni o‘g‘irlab olgan. So‘ngra o‘z jinoyatini yashirish maqsadida seyf ichida bo‘lgan qolgan pullarni, shuningdek, xonadon va oila a’zolariga tegishli o‘nga yaqin hujjatlarni yoqib yuborgan. Yotoqxonani tartibsiz holatga keltirib, uyni o‘g‘ri “urgani” tasvirini “yaratgan”. Bir ozdan so‘ng yong‘in avj olmay turib, olovni o‘zi o‘chirgan va go‘yo uyga kelib qolganu, shunday holat ustidan chiqqandek bo‘lib ota-onasiga qo‘ng‘iroq qilgan.

Yigitning ota-onasi holat yuzasidan tuman ichki ishlar bo‘limiga murojaat qilgan. Tergovga qadar surishtiruv ishlari boshlab yuborilgan. Ayni shu jarayonda kuchli stress va hayajonda qolgan X.G. aybini tan olgan va qilgan xatti-harakatiga iqror bo‘lgan. Ota-ona o‘g‘liga nisbatan hech qanday da’vosi yo‘qligini bildirgan.

Sudlanuvchining barcha xatti-harakatlari o‘rganilib, unga nisbatan Jinoyat kodeksining 227-moddasiga (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalarni, avtomototransport vositalarining va ular tirkamalarining (yarim tirkamalarining) davlat raqam belgilarini egallash, nobud qilish, ularga shikast yetkazish yoki ularni yashirish) asosan, oylik ish haqining 20 foizini davlat daromadiga ushlab qolish sharti bilan 2 yil muddatga axloq tuzatish ishlari jazosi qo‘llanilgan.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Buxoroda totalizatorda 100 mln so‘m yutqazgan yigit ota-onasining seyfini o‘marib, uni yoqib yubordi
ePN