12:23 / 24.07.2023
75

BAAdan O‘zbekiston tarixiy shaharlariga sayyohlar oqimi ko‘paytiriladi

BAAdan O‘zbekiston tarixiy shaharlariga sayyohlar oqimi ko‘paytiriladi

Foto: Dunyo AA
Dubay shahridagi O‘zbekiston Bosh konsulxonasida Amirliklarda faoliyat yurituvchi sayyohlik shirkati mudiri Ravshan Zokirov bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo”.

Uchrashuvdan ko‘zlangan asosiy maqsad O‘zbekistonda turizm sohasida olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlarni targ‘ib etish, Toshkent, Samarqand, Buxoro va Xiva kabi ko‘hna shaharlarda sayohatchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, respublika boy madaniy va ma’naviy merosi to‘g‘risida ma’lumotlar berish, o‘zbek xalqining tarixi, madaniyati, urf-odatlari va an’analarini keng targ‘ib etish, ommalashtirish va mamlakatga xorijlik sayyohlar oqimini ko‘paytirish bilan izohlanadi.

Sayyohlik shirkati mudiri bilan O‘zbekistonga sayyohlar oqimini yanada ko‘paytirish va ularning talablaridan kelib chiqib, yangi turizm xizmatlarini o‘z ichiga olgan maxsus turpaketlar ishlab chiqish bo‘yicha fikr almashildi.

Muzokaralar yakunida sayyohlik shirkati bilan O‘zbekistonning tarixiy shaharlariga sayyohlarni jalb etish bo‘yicha hamkorlik qilishga kelishib olindi.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » BAAdan O‘zbekiston tarixiy shaharlariga sayyohlar oqimi ko‘paytiriladi
ePN