Ma’lumki, Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi organlari tomonidan oliy ma’lumotli, biroq yuridik ma’lumotga ega bo‘lmagan nomzodlarni davlat ijrochisi lavozimiga xizmatga qabul qilish uchun maxsus belgilangan konkurs e’lon qilingan.
Mana bugun Byuroning markaziy apparati tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhoafaza qilish akademiyasi binosining axborot resurs markazida 33 nafar oliy ma’lumotli (nomutaxassis) nomzodlar uchun test sinovlari o‘tkazildi.
Shu bilan birga, Byuro markaziy apparatida tashkil etilgan maxsus komissiya tomonidan og‘zaki suhbat bosqichlari ham o‘tkazilib, ushbu komissiya xulosasiga asosan xizmatga loyiq ko‘rilgan nomzodlar dastlab Huquqni muhofaza qilish akademiyasining professor-o‘qituvchilari tomonidan maxsus kurslarda o‘qitiladilar.
So‘ngra, olgan bilim va ko‘nikmalaridan kelib chiqib, o‘quv kurslar yakunida Akademiya imtihonlarini muvaffaqiyatli topshirgan nomzodlar Byuro organlariga xizmatga qabul qilinadilar.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!