16:10 / 28.07.2023
296

Prezident 15 ta tumanning IIB boshlig‘ini va 5 ta tumanning prokurorini ishdan oldi

Prezident 15 ta tumanning IIB boshlig‘ini va 5 ta tumanning prokurorini ishdan oldi

Foto: Prezident matbuot xizmati

Shavkat Mirziyoyev IIV kengaytirilgan hay’at yig‘ilishida bir qator tuman ichki ishlar boshliqlari va prokurorlarini ishdan oldi.

Prezident matbuot kotibining ma’lum qilishicha, jinoyatchilikni jilovlash va aholi bilan ishlashda sustkashlikka yo‘l qo‘ygani uchun Bosh prokurorning birinchi o‘rinbosari B.Valiyev, ichki ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Sh.Rahmonovga, mahallada profilaktika inspektorlari ishini lozim darajada tashkil qilmagani uchun, ichki ishlar vazirining ushbu sohaga mas’ul o‘rinbosari B.Abdullayevga hayfsan e’lon qilindi va uch oy sinov muddati tayinlandi.

Barcha viloyat prokurorlari va IIB boshliqlarining birinchi o‘rinbosarlari o‘ziga tegishli xulosa qilmasa, yil yakuni bilan barchasi lavozimidan ozod etilishi qayd etildi.

Shuningdek, jinoyatchilikka qarshi kurashishda sustkashlikka yo‘l qo‘ygan:

  • Sergeli, Yangihayot, Shayxontohur, G‘ijduvon, Kogon, Tuproqqal’a, Taxtako‘pir, Tomdi, Yakkabog‘, Oltinsoy, Zafarobod, Boyovut, Guliston, Mingbuloq, Oltinko‘l tumanlari ichki ishlar boshliqlari;
  • Andijon, Bandixon, Buvayda, Narpay, Yunusobod tumanlari prokurorlari egallab turgan lavozimidan ozod qilindi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Prezident 15 ta tumanning IIB boshlig‘ini va 5 ta tumanning prokurorini ishdan oldi
ePN