
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimi davlat inspektorlari hamda Jizzax viloyat prokuraturasi xodimlari bilan hamkorlikda navbatdagi reyd tadbiri bo‘lib o‘tdi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimi, Tuzkon bo‘limi hududida o‘tkazilgan reyd davomida tumandagi “Baxtli” MFY, “Navro‘z” qo‘rg‘onida yashovchi fuqaro Sh.M. tomonidan sanoatbop o‘lchamdan kichik bo‘lgan jami 175 bosh oqsila (“sudak”) baliqlari noqonuniy ravishda ovlangani aniqlangan.
Qonun buzilishi natijasida hayvonot dunyosiga 57 million 750 ming so‘m zarar yetkazilgan.
Ashyoviy dalil sifatida noqonuniy ravishda ovlangan baliq mahsulotlari hamda 1 dona “Progress” rusumli qayiq va 1 dona “YAMAHA-30” rusumli qayiq motorlari olib qo‘yilgan.
Ushbu holatda jinoyat alomatlari borligi sababli to‘plangan hujjatlar Jizzax viloyat prokuraturasiga yuborilgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!