14:57 / 03.08.2023
229

Bank g‘aznachisi bankomatdan 212 mln so‘mni «tuya» qilgani aniqlandi

Bank g‘aznachisi bankomatdan 212 mln so‘mni «tuya» qilgani aniqlandi

Quvasoy shahrida bankomatdagi pullarni talon-toroj qilgan g‘aznachi aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departamentn xabar berdi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentining Quvasoy shahar bo‘limi tomonidan AT «Xalq banki» Quvasoy filialining murojaatiga asosan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda ushbu bank filiali g‘aznachisi X.R. o‘ziga biriktirilgan bankomatni naqd pul bilan to‘ldirish hamda seyf qismidagi kassetalarni olish uchun ruxsat berilganidan foydalanib, joriy yilning may-iyun oylarida jami 212,8 mln so‘mni yaqin qarindoshi S.Sh. hamda o‘zining plastik kartasiga o‘tkazish yo‘li bilan talon-toroj qilganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat