
Toshkent shahar IIBB ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan voyaga yetmagan qizni o‘pib, unga nisbatan uyatsiz harakatlarni sodir etgan erkak videosiga munosabat bildirdi.
Ijtimoiy tarmoqlarda yoshi katta shaxs voyaga yetmagan qizni qarshiligiga qaramasdan o‘pib, uyatsiz-buzuq harakat sodir etgani aks etgan video tarqaldi. Videoda aks etgan holat bo‘yicha Toshkent shahar IIBB tomonidan o‘rganishlar olib borilgan.
Qayd etilishicha, 8-avgust kuni taxminan soat 18:30 larda 63 yoshli M.I. Mirzo Ulug‘bek tumani Buyuk ipak yo‘li ko‘chasidagi ko‘p qavatli uylardan birining orqa tarafidagi yo‘l chetida o‘tirgan voyaga yetmagan 8 yoshli Sh.U.ga nisbatan uyatsiz-buzuq harakatlar sodir etgan.
Mazkur holat bo‘yicha jabrlanuvchining ota-onasi tomonidan IIOga ariza tushmagan.
Holat yuzasidan Mirzo Ulug‘bek tumani IIO FMB Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 129-moddasi (o‘n olti yoshga to‘lmagan shaxsga nisbatan uyatsiz-buzuq harakatlar qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Gumon qilinuvchi protsessual tartibda ushlangan. Tergov davom etmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!