O‘zbekiston Ukrainaga gumanitar yordam yubordi (foto)

O‘zbekiston Ukrainaga gumanitar yordam yubordi (foto)
O‘zbekiston Ukrainaga gumanitar yordam yubordi (foto)
Foto: Mykolo Doroshenko / Facebook

Nodavlat notijorat tashkilotlari va O‘zbekiston biznes tuzilmalari Ukrainaga 10,5 tonna gumanitar yordam jo‘natdi. Bu haqda Ukrainaning O‘zbekistondagi elchisi Nikolay Doroshenko Facebook’dagi sahifasida ma’lum qildi.

Gumanitar yordam allaqachon Lvov viloyatining Drogobitskiy tumani ma’muriyati, Ijtimoiy siyosat bo‘limi va Lvov viloyati maxsus tibbiy yordam bo‘yicha kengashiga topshirilgan.

O‘zbekiston Ukrainaga gumanitar yordam yubordi (foto)
Foto: Mykolo Doroshenko / Facebook

Ukrainaga jami 785 844 grivnaga (taxminan 21 282 dollar) qishki poyabzal, sport, bolalar va ayollar kiyimlari yuborilgan. Shuningdek, umumiy qiymati 157 771 grivna (taxminan 4 273 dollar) bo‘lgan tibbiy shprislar, tibbiy paxta va infuzion tizimlar jo‘natilgan.

O‘zbekiston Ukrainaga gumanitar yordam yubordi (foto)
Foto: Mykolo Doroshenko / Facebook
O‘zbekiston Ukrainaga gumanitar yordam yubordi (foto)
Foto: Mykolo Doroshenko / Facebook

Ukrainaning O‘zbekistondagi elchisi gumanitar aksiya ishtirokchilariga samimiy minnatdorlik bildirgan.

O‘zbekiston Ukrainaga gumanitar yordam yubordi (foto)
Foto: Mykolo Doroshenko / Facebook

Ukrainalik bolalar dam olish va reabilitatsiya uchun O‘zbekistonga keldi

O‘zbekistonga Ukrainadan dam olish va reabilitatsiya uchun 45 nafar bola hamda besh nafar hamrohlik qiluvchi guruh yetib kelgan. 

O‘zbekiston Ukrainaga gumanitar yordam yubordi (foto)
Foto: YKurkchi / X

Xarkov, Xerson, Nikolayev, Zaporojye, Sumi, Xmelniskiy, Lvov va Kiyevdan kelgan bolalar 12 kun davomida “Anor” tog‘ oromgohida dam oladi.

O‘zbekiston Ukrainaga gumanitar yordam yubordi (foto)
Foto: YKurkchi / X

Ma’lumotlarga ko‘ra, hozirda Yevropa Ittifoqi davlatlarida vaqtinchalik himoya maqomini olgan Ukrainadan kelgan 4 milliondan ortiq qochqin bor. Iyun oyida ularning soni qariyb 46 ming kishiga ko‘paydi, bu may oyiga nisbatan 1,1 foizga ko‘pdir.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar