date
views 396

Oʻzbekiston OTMlariga kirish test sinovlari natijalari e'lon qilindi

Oʻzbekiston OTMlariga kirish test sinovlari natijalari e'lon qilindi

Oʻzbekistonda 2023–2024-oʻquv yili uchun oliy ta'lim muassasalarining bakalavriat ta'lim yoʻnalishlariga kirish test sinovlari boʻyicha tanlov natijalari e'lon qilindi. Bu haqda Bilimni baholash agentligi axborot xizmati xabar berdi.

Unga koʻra, tanlov natijalarini 6 xil usulda bilish mumkin:

1. my.uzbmb.uz sayti orqali:

my.uzbmb.uz saytiga abiturientning pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda.

2. mandat.uzbmb.uz sayti orqali:

mandat.uzbmb.uz saytining “Bakalavr-2023” boʻlimiga abiturientning ID raqamini kiritgan holda.

3. SMS xabarnoma xizmati orqali:

5100 raqamiga abiturientning ID raqami yuborilganda, mazkur telefon raqamiga tanlov natijalari boʻyicha SMS xabarnoma yuboriladi (xizmat haqi mavjud).

4. Bilimni baholash agentligining quyidagi telegram botlari orqali (abiturientning ID raqamini yuborgan holda):

 @e_dtm_mandatbot
 @e_dtm_mandat1bot
 @e_dtm_mandat2bot
 @e_dtm_mandat3bot
 @e_dtm_mandat4bot

5. QR-kod orqali:

Abiturient ruxsatnomasining quyi qismidagi QR-kod (natijani koʻrish uchun havola) ni skaner qilgan holda.

6. Test natijalari qaydnomasi orqali:

Shuningdek, test natijalari qaydnomasi oliy ta'lim muassasalariga taqdim etiladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Oʻzbekiston OTMlariga kirish test sinovlari natijalari e'lon qilindi