O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmonlari bilan:
– Saida Shavkatovna Mirziyoyeva O‘zbekiston Respublikasi prezidentining yordamchisi lavozimiga;
– Aziz Yuldashevich Magrupov O‘zbekiston Respublikasi prezidentining yordamchisi lavozimiga;
– Ravshan Ayubovich Gulyamov O‘zbekiston Respublikasi prezidentining iqtisodiy rivojlanish masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga;
– Alisher Saidabbasovich Sultanov O‘zbekiston Respublikasi prezidentining energetika xavfsizligi masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga;
– Shuxrat Madaminovich G‘aniyev O‘zbekiston Respublikasi prezidentining agrar rivojlanish masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga;
– Muzaffar Murotovich Kamilov O‘zbekiston Respublikasi prezidentining din va millatlararo munosabatlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga;
– G‘ofurjon G‘aniyevich Mirzayev O‘zbekiston Respublikasi prezidentining kadrlar siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi — O‘zbekiston Respublikasi prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi direktori lavozimiga;
– Doniyor Baxtiyorovich Kadirov O‘zbekiston Respublikasi prezidentining huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga;
– Komil Ismoilovich Allamjonov O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Administratsiyasi Axborot siyosati departamentining rahbari lavozimiga;
– Odil Qalandarovich Abduraxmanov O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Administratsiyasi Ijtimoiy rivojlanish departamentining rahbari lavozimiga;
– Kaxramon Kuchkarovich Kuranbayev O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Administratsiyasi Yoshlar siyosati departamentining rahbari lavozimiga;
– Alisherbek Azizovich Paygamov O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Administratsiyasi Tashqi aloqalar departamentining rahbari lavozimiga;
– Nodirjon Abduqunduzovich Abduraximov O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Administratsiyasi Rejalashtirish va axborot ta’minoti departamentining rahbari lavozimiga;
– Utkirjon G‘ayratovich Kodirov O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Administratsiyasi Hududlar bilan hamkorlik qilish va tahliliy materiallarni tayyorlash departamentining rahbari lavozimiga;
– Ulugbek Uchkunovich Kurbanov O‘zbekiston Respublikasi prezidenti protokolining rahbari lavozimiga;
– Sherzod Ikromovich Asadov O‘zbekiston Respublikasi prezidentining matbuot kotibi lavozimiga;
– Saidlaziz Saidasilovich Saidkarimov O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Administratsiyasi Nazorat inspeksiyasining boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!