date
views 385

Prezident administratsiyasida yangi tayinlovlar amalga oshirildi

Prezident administratsiyasida yangi tayinlovlar amalga oshirildi

Olti nafar maslahatchi lavozimi qayta tashkil etilgan, shuningdek oltita departament tuzilgan.

Quyidagilar prezident farmoni bilan prezident maslahatchilari etib tayinlandi:

 Ravshan Ayubovich G‘ulomov prezidentning iqtisodiy rivojlanish masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga;

 Alisher Saidabbasovich Sultonov prezidentning energetika xavfsizligi masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga;

 Shuhrat Madaminovich G‘aniyev prezidentning agrar rivojlanish masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga;

 Muzaffar Murotovich Komilov prezidentning din va millatlararo munosabatlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga;

 G‘ofurjon G‘aniyevich Mirzayev prezidentning kadrlar siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi – prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi direktori lavozimiga;

 Doniyor Baxtiyorovich Qodirov prezidentning huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga tayinlangan.

Quyidagilar departament rahbarlari lavozimiga tayinlangan:

 Komil Ismoilovich Allamjonov Prezident administratsiyasi Axborot siyosati departamenti rahbari lavozimiga;

 Odil Qalandarovich Abdurahmonov Prezident administratsiyasi Ijtimoiy rivojlanish departamenti rahbari lavozimiga;

– Kahramon Qo‘chkorovich Quronboyev Prezident administratsiyasi Yoshlar siyosati departamenti rahbari lavozimiga;

– Alisherbek Azizovich Payg‘amov Prezident administratsiyasi Tashqi aloqalar departamenti rahbari lavozimiga;

– Nodirjon Abduqunduzovich Abdurahimov Prezident administratsiyasi Rejalashtirish va axborot ta’minoti departamenti rahbari lavozimiga;

– O‘tkirjon G‘ayratovich Qodirov Prezident administratsiyasi Hududlar bilan hamkorlik qilish va tahliliy materiallarni tayyorlash departamenti rahbari lavozimiga.

Shuningdek, Sherzod Asadov prezident matbuot kotibi lavozimini, Ulug‘bek Qurbonov prezident protokoli rahbari lavozimini, Saidlaziz Saidkarimov esa Prezident administratsiyasi Nazorat inspeksiyasi boshlig‘i lavozimini saqlab qolgan.

Bundan oldinroq Saida Mirziyoyeva va Aziz Magrupov prezident yordamchisi lavozimiga tayinlangani xabar qilingandi.

  • Eslatib o‘tamiz, avgust oyi o‘rtalarida Prezident administratsiyasida jiddiy o‘zgarishlar amalga oshirilgan, prezident administratsiyasi rahbari lavozimi va boshqa quyi lavozimlar tugatilgan, Sardor Umrzoqov, Sunnatulla Bekenov va Furqat Rahimov o‘z lavozimlaridan ozod etilgandi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Prezident administratsiyasida yangi tayinlovlar amalga oshirildi