date
views 168

1 sentyabrdan ko‘p kvartirali uylarda o‘zboshimchalik bilan qurilgan konstruksiyalar tekshiriladi

1 sentyabrdan ko‘p kvartirali uylarda o‘zboshimchalik bilan qurilgan konstruksiyalar tekshiriladi

“O‘zbekiston aholisi va hududining seysmik xavfsizligini ta’minlash tizimini yanada takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi prezident qaroriga ko‘ra, 2023 yil 1 sentyabrdan:

  • seysmik faol zonada joylashgan seysmik xavfsizligi III-IV toifaga kiruvchi ko‘p kvartirali uylardagi umumiy foydalaniladigan joylarda (zinapoya yo‘laklari, cherdak va umumiy foydalanishdagi oshxonalarda) o‘zboshimchalik bilan qurilgan konstruksiyalar;
  • ko‘p kvartirali uylarning, shu jumladan ularning yerto‘la va birinchi qavatidagi zilzilabardoshlikka ta’sir qiluvchi konstruksiyalarga o‘zboshimchalik bilan kiritilgan o‘zgartirishlar aniqlanadi.

Aniqlangan noqonuniy holatlar bo‘yicha qonunchilikka muvofiq choralar ko‘riladi.

Seysmik xavfsizligi II–IV toifadagi qurilayotgan yoki mavjud obyektlarning konstruksiyasini o‘zgartirish (qavatlar sonini o‘zgartirish, yonma-yon qurish, ustiga qavat qurish) bo‘yicha qurilish ishlarini boshlashga faqat loyihaning o‘zgartirilgan shaharsozlik hujjatlari qayta ekspertizadan o‘tkazilib, ijobiy xulosa olingandan so‘ng ruxsat etiladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » 1 sentyabrdan ko‘p kvartirali uylarda o‘zboshimchalik bilan qurilgan konstruksiyalar tekshiriladi