Mamlakatga yetti oyda qarindoshlarni yo‘qlash maqsadida qancha chet ellik kelgani ma’lum qilindi.
2023 yilning yanvar-iyul oylarida jami 3,1 mln nafar chet el fuqarolari qarindoshlarni yo‘qlash maqsadida O‘zbekistonga tashrif buyurgan.
Statistika agentligining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonga 7 oyda qarindoshlarni yo‘qlash maqsadida tashrif buyurgan davlatlar fuqarolari soni bo‘yicha Tojikiston birinchi o‘rinni egallab turibdi – 1 mln kishi.
Ushbu ko‘rsatkich qolgan davlatlar kesimida quyidagicha ko‘rinish oldi:
- Qirg‘iziston – 886 ming nafar;
- Qozog‘iston – 831,6 ming nafar;
- Rossiya – 269,6 ming nafar;
- Turkiya – 28,3 ming nafar;
- Janubiy Koreya – 4,5 ming nafar;
- Ukraina – 3,8 ming nafar;
- Belarus – 3,6 ming nafar;
- Turkmaniston – 3,5 ming nafar;
- Germaniya – 2,6 ming nafar.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing