“O‘zgidromet” xabariga ko‘ra, kun davomida O‘zbekiston hududi bo‘yicha havo biroz bulutli bo‘ladi, sharqiy hududlarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Farg‘ona vodiysi ayrim joylarida kunning birinchi yarmida biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Havo harorati kechagi kunga nisbatan +3...+5 darajaga past bo‘lib, +24...+27 darajani tashkil etadi.
5 sentyabrdan va deyarli ish haftasining oxirigacha O‘zbekiston hududi bo‘yicha havo quruq va kam bulutli bo‘ladi, faqat Farg‘ona viloyatining tog‘li hududlarida biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin.
8 sentyabr, juma kuni bulutlilik kuchayishi kutilmoqda, respublikaning ayrim tog‘oldi va tog‘li hududlarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi.
Haftaning birinchi yarmida ayniqsa kechasi va ertalab nisbatan salqin bo‘ladi. Harorat asosan kechalari +10...+13 daraja, kunduz kunlari +26...+29 daraja bo‘ladi. Haftaning ikkinchi yarmida harorat kechalari +15...+18 darajagacha, kunduz kunlari +29...+32 darajagacha ko‘tariladi.
Poytaxtda 5-8 sentyabr kunlari havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi, 7-8 sentyabrda 12-14 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 5 sentyabrda kechasi +11...+13 daraja, kunduzi +25...+27 daraja bo‘ladi, 6-8 sentyabrda kechalari +15...+18 darajagacha, kunduz kunlari +29...+32 darajagacha ko‘tariladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!