Buxorodan Zominga aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yiladi

Buxorodan Zominga aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yiladi

Foto: Uzbekistan Airports
Uzbekistan Airways 15 sentyabrdan Toshkent-Zomin-Buxoro yo‘nalishida aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yadi.

Parvozlar haftasiga 5 marta, dushanba, seshanba, chorshanba, juma va yakshanba kunlari amalga oshiriladi.

Aviaqatnov jadvali quyidagicha:

- Toshkentdan jo‘nab ketish 9:30, Zominga yetib borish 10:05;

- Zomindan jo‘nab ketish 10:35, Buxoroga yetib borish 12:05;

- Buxorodan jo‘nab ketish 13:05, Zominga yetib borish 14:35;

- Zomindan jo‘nab ketish 15:05, Toshkentga yetib borish 15:40.

Zomin - Buxoro yo‘nalishi bo‘yicha aviachipta narxi 170 ming so‘mdan, Toshkent - Zomin yo‘nalishi bo‘yicha aviachiptalar narxi esa 105 ming so‘mdan boshlanadi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar