date
views 315

O‘zbekistonga tijorat maqsadida eng ko‘p Turkmaniston fuqarolari kelmoqda

O‘zbekistonga tijorat maqsadida eng ko‘p Turkmaniston fuqarolari kelmoqda

2023 yilning yanvar-avgust oylarida O‘zbekistonga 36,8 ming nafar chet el fuqarolari tijorat maqsadida tashrif buyurgan.

Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonga 8 oyda tijorat maqsadida eng ko‘p tashrif buyurgan chet el fuqarolari soni bo‘yicha Turkmaniston yetakchilik qilmoqda – 21,4 ming nafar.

Ushbu ko‘rsatkich qolgan davlatlar kesimida quyidagicha ko‘rinish oldi:

  • Tojikiston – 9,3 ming nafar;
  • Afg‘oniston – 1,1 ming nafar;
  • Xitoy – 0,7 ming nafar;
  • Hindiston – 0,6 ming nafar;
  • Turkiya – 0,6 ming nafar;
  • Qirg‘iziston – 0,5 ming nafar;
  • Janubiy Koreya – 0,5 ming nafar;
  • AQSh – 0,3 ming nafar;
  • Eron – 0,2 ming nafar.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonga tijorat maqsadida eng ko‘p Turkmaniston fuqarolari kelmoqda