1 oktyabr – Ustoz va murabbiylar kuni oldidan Majburiy ijro byurosi Namangan viloyati boshqarmasi tomonidan sohada faoliyat olib borgan mexnat faxriylari sharaflandi.
Bugungi kunda sud va boshqa organlar hujjatlari ijrosini ta’minlash, odil sudlovni amalga oshirish, davlat va fuqarolar huquq-manfaatlari yo‘lida Majburiy ijro byurosi tizimi tomonidan tegishli chora-tadbirlar ko‘rilmoqda. Albatta bularni amalga oshirishda sohada samarali mehnat qilgan faxriylarning o‘rni alohida.
Chunki, ularning bilim va tajribalari, ko‘nikmalari doimo yosh mutaxassislar uchun tajriba maktabidir. Olimjon Rahmonov, Shavkat Abdullayev, Shakarbek Jo‘rayev, Xusanboy Qurbonovlar Byuro organlari tashkil etilgandan boshlab to nafaqaga chiqqunga qadar sohada samarali mehnat qildilar.
Bayram munosabati soha tizimi ishini yanada yuksaltirish borasida samarali faoliyat yuritib kelayotgan va faxriylik gashtini surayotgan bir guruh faxriylarning xonadonlarida bo‘lib, ularga ehtirom ko‘rsatildi.
- Albatta bugungi kunda biz faxriylarning bunday ehtiromdan boshimiz osmonga yetdi, deydi Olimjon Rahmonov. Bunday yo‘qlovlar muntazam ravishda amalga oshirilayotgani yoshimizga yosh qo‘shmoqda.
Shu kuni bayram tadbirlari davomida o‘tkazilgan uchrashuvlarda yana bir bor faxriylarning sohadagi samarali faoliyatlari e’tirof etildi. Ularga bayram sovg‘alari tuhfa etildi.
MIB Namangan viloyati boshqarmasi
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!