Bugun O‘zbekiston bo‘ylab o‘qituvchi va murabbiylar kuni keng nishonlanmoqda. Bizga saboq bergan, hayotiy bilimlari bilan o‘rtoqlashgan, savodli, ruhan barkamol bo‘lishimizga o‘zlarining juda katta hissalarini qo‘shgan, ulkan sabr-toqat va matonat ila bizni tarbiyalagan ustozlarimiz, murabbiylarimiz uchun qancha yaxshi tilak bildirsak shuncha oz. Qancha bayramlar qilib bersak shuncha kam. Chunki ular bunga munosib, bundan ortig‘igada munosib...
Har bir kasb egasining o‘z o‘qituvchisi, murabbiyi bo‘lgani kabi MIB xodimlarining ham ana shunday bebaho ustozlari bor. MIB Farg‘ona viloyati boshqarmasi katta inspektori D. Sidiqov 1 oktyabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan yurtimizda faoliyat yuritayotgan barcha ustozlar qatori, boshlang‘ich saboqlaridan bahramand qilgan, uning sir-asrorlarini o‘rgatgan, Vatan taraqqiyotiga hissa qo‘shgan, hamon qator-qator shogirdlar yetishtirib berayotgan, birinchi ustozi Saboxon Ibragimovani kasb bayrami bilan tabriklash uchun maktabga yo‘l oldi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!